Hindistonda poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida halok bo‘lganlar soni 300 dan oshdi

Olam

image

Joriy yilning 2 iyun kuni Hindiston sharqidagi Odisha shtatida poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 300 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, 1100 dan ziyod odam jarohat oldi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, poyezd to‘qnashuvi sodir bo‘lgan joyda qutqaruv ishlari yakunlangan. Jami 300 dan ortiq odam halok bo‘lib, 1100 dan ortiq kishi jabrlangan.

Fojia yuz bergan Balasor shahri yaqinidagi shifoxonalar bemorlar bilan to‘lib ketgan. Boshqa viloyatlardan shifokorlar yordamga chaqirtirilgan. 100 ga yaqin bemorning ahvoli og‘ir.

To‘qnashuv joyida tiklash ishlari olib borilmoqda, 1 mingdan ortiq odam va maxsus texnika jalb qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 2 iyun kuni Kalkuttadan Chennayga ketayotgan Coromandel Express poyezdi Bangalordan Kalkuttaga ketayotgan boshqa poyezdning relsdan chiqib ketgan vagonlariga borib urilgan. Odisha shtatdagi Balasor shahri va uning atrofidagi tibbiyot kollejlari va shifoxonalar ogohlantirilgan hamda 60 tez yordam mashinasi safarbar qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston poezd to'qnashuvi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing