Hindistonda poyezd fillar galasini bosib ketdi (video)
Bu qiziq
−
20 dekabr 7822 1 daqiqa
Bugun, 20 dekabr kuni Hindistonning shimoli-sharqida Dehliga yo‘l olgan poyezd fillar galasi bilan to‘qnashuvi oqibatida yettita fil halok bo‘ldi va bittasi jarohatlandi. Bu haqda “The Katmandu Post” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, hodisa Assam shtatining Xojai tumanidagi fillar uchun mo‘ljallangan yo‘lak bo‘lmagan joyda sodir bo‘lgan. Poyezd boshqaruvchisi podani ko‘rishi bilanoq favqulodda tormozni bosgan, ammo fillar poyezd tomon yugurgan.
Bu to‘qnashuv poyezdning beshta vagonining relsdan chiqib ketishiga sabab bo‘lgan, jabrlanganlar bo‘lmagan. Biroq yettita fil halok bo‘lgan va bir nechta fil jiddiy jarohat olgan.
“Hozirda temiryo‘lning ushbu qismidan o‘tishi rejalashtirilgan poyezdlar boshqa yo‘nalish orqali harakatlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHda hayvon o‘rgatuvchisi yo‘lbars hujumi oqibatida halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi