Hindistonda poyezd 12 kishini bosib ketdi
Olam
−
23 yanvar
2609Hindistonning g‘arbiy qismidagi Maxarashtra shtatida poyezdda yong‘in chiqqani haqidagi mish-mish ortidan ba’zi yo‘lovchilar vagondan sakrab tushdi va ularni yonma-yon harakatlanayotgan boshqa poyezd bosib ketdi. Hodisa oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy ma’muriyatga tayanib, “Hindustan Times” xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa Mumbaydan 400 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Pushpak Express poyezdining bir vagonida uchqunlar paydo bo‘lgan va yo‘lovchilar vahimaga tushgan. Ular favqulodda to‘xtash zanjirini tortishgan va ayrimlari relsga sakrab tushgan. Shu vaqtda qo‘shni yo‘lakdan Karnataka Express o‘tayotgan edi”, deyiladi xabarda.
Voqea joyiga favqulodda yordam poyezdi yuborilgan. Jalgaon politsiya vakili Maheshvar Reddyga ko‘ra, poyezd g‘ildiraklari ostida 12 kishi halok bo‘lgan, yana bir necha kishi jarohatlangan.
“Barcha tuman hokimliklari temiryo‘l ma’muriyati bilan hamkorlikda ishlamoqda va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda. Sakkizta tez yordam mashinasi yuborildi”, dedi Maxarashtra shtati bosh vaziri Devendra Fadnavis.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyaning Strasburg shahri markaziy stansiyasida ikki tramvay to‘qnashib ketishi oqibatida kamida 30 kishi jarohat olgandi.
LiveBarchasi