Hindistonda maktab tomi qulashi oqibatida 7 o‘quvchi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Shimoliy-g‘arbiy Hindistonning Rajastxan shtatida joylashgan boshlang‘ich maktab binosining tomi qulab tushishi oqibatida 7 nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda ANI axborot agentligi xabar berdi.

“Boshlang‘ich maktab tomining qulashi oqibatida yetti nafar o‘quvchi halok bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Hodisa vaqtida bir necha o‘nlab bola vayronalar ostida qolgan. Hozirgacha barcha jabrlanganlar va halok bo‘lganlar topilgan. Ko‘plab bolalar turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Tom ertalab, darslar boshlanishidan ko‘p o‘tmay qulab tushgan. Xabarlarga ko‘ra, maktab binosi avvaldan yaroqsiz, yarim vayrona holatda bo‘lgan va yomg‘irli kunlarda qurilish mustahkamligi sezilarli darajada zaiflashgan.

Bolalarga ko‘ra, hodisadan bir necha daqiqa oldin ular tomdan qum tushayotganini sezib, o‘qituvchilarga aytgan, lekin bu ogohlantirishlar e’tiborga olinmagan. 

Ta’lim vazirligi va mahalliy rasmiylar bunga qadar hududdagi maktab binolarining holati bo‘yicha tez-tez ogohlantirishlar bo‘lganini tan olgan, biroq ayni maktab xavfli ro‘yxatga kiritilmagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning shimoli-sharqidagi Sitsikar shahrida joylashgan o‘rta maktab sport binosining tom qismi bosib qolishi oqibatida 11 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Rajastxan shtati 7 nafar bola halok bo'ldi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing