Hindistonda mahbuslar ozodlikka chiqishdan bosh tortdi
Olam
−
01 iyun 2021
9925Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi to‘qqizta qamoqxonadan yigirmadan ortiq mahbus shartli ravishda ozod qilinishdan bosh tortdi. Ularning qarori koronavirus pandemiyasi fonida mamlakatdagi qiyin vaziyat bilan bog‘liq. Bu haqda “India Today” nashri xabar bergan.
Mahbuslarning so‘zlariga ko‘ra, hozir qamoqda qolish xavfsizroq. Qamoqxonada ular dori-darmon, oziq-ovqat va zarur tibbiy ko‘riklar bilan ta’minlanishda davom etadi.
Hindiston qamoqxonalari tizimi rahbari Anand Kumarga ko‘ra, mahbuslar barcha talablarga muvofiq o‘z xohish-istaklarini bildirgan.
“Ularning vaziyati hurmat qilinishi kerak. Ozodlikka chiqqandan keyin mahkumlar pul topish uchun kurashishi kerak bo‘ladi. Pandemiya fonida bu holat yanada murakkablashadi”, deb ta’kidlagan Kumar.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistonda har kuni koronavirus bilan bog‘liq 150 mingdan ortiq yangi holat aniqlanadi. Shu kungacha kasallikdan 329 mingdan ko‘p odam vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, Hindistonda koronavirus fonida “oq mog‘or”, “qora mog‘or” va “sariq mog‘or” tarqalishi qayd etilgan.
LiveBarchasi