Hindistonda mahalliy amaldorning telefonini olib chiqish uchun suv ombori quritildi
Olam
−
27 may 2023
22793Hindistonning Chxatissgarh shtatida mahalliy amaldorning suvga tushib ketgan telefonini olib chiqish uchun suv omborining 4104 kubometr yoki 41 million litr suvi oqizib yuborildi. Bu haqda “The Telegraph India” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, shtatning Paxanjore tumani oziq-ovqat inspektori Rajesh Vishvas 21 may kuni do‘stlari bilan sayr qilish uchun Paralkot suv omboriga borganida selfi tushmoqchi bo‘lgan va shu paytda uning Samsung Galaxy S23 telefoni suvga tushib ketgan.
Amaldor telefonini suvdan chiqarib olish uchun dizel nasoslarini ishga tushirib, to‘g‘ondan suvni chiqarib tashlagan. Qishloq aholisining yordami bilan telefon suvdan olib chiqilgan. Amaldor to‘g‘on suvini chiqarib tashlashiga telefonida davlat ahamiyatiga molik maxfiy ma’lumotlar borligini sabab qilib keltirgan.
Shundan so‘ng u hukumat ruxsatisiz to‘g‘on suvini chiqarib yuborgani uchun lavozimidan olingan.
“Vish o‘z mansabini suiiste’mol qilib, mobil telefonini qidirib topish uchun vakolatli shaxsdan ruxsat so‘ramay, yozgi jazirama mavsumida millionlab litr suvni chiqarib yubordi. Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Yuqorida qayd etilgan qilmishi uchun u vaqtinchalik cheklovga hukm qilindi”, deyiladi unga nisbatan sud qarorida.
LiveBarchasi