Hindistonda kelin-kuyov to‘yning ertasiga o‘lik holda topildi

Olam

image

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida yosh juftlik to‘ydan keyingi birinchi kechada yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqda “India Today” gazetasi xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, shtat shimolidagi qishloqlardan birida 22 yoshli yigit 20 yoshli qizga uylangan. To‘y marosimidan so‘ng yoshlar yolg‘iz qolgan va ertasi kuni ertalab ular o‘lik holda topilgan.

Jasadlarni yorib ko‘rish natijasida o‘limga yurak xuruji sabab bo‘lgani aniqlangan. Ma’lumotni politsiya ham tasdiqlagan. Biroq yurak xurujiga nima sabab bo‘lgani ochiqlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston kelin-kuyov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing