Hindistonda qo‘shaloq mutatsiyali koronavirus aniqlandi 

Olam

image

Hindistonda koronavirusning qo‘shaloq mutatsiyali yangi turi aniqlandi. Bu haqda Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslanib xabar berilgan.  

"Maharashtradagi namunalarni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, 2020 yil dekabr bilan taqqoslaganda E484Q va L452R mutatsiyalari bo‘lgan namunalar ulushida o‘sish kuzatilgan. Ushbu mutatsiyalar taxminan 15-20 foiz namunalarda topilgan, ular oldin sanab o‘tilgan turlarga mos kelmaydi va tashvish uyg‘otadi", deyilgan Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligining bayonotida. 

10 mingdan ortiq namunalarni tahlil qilgan rasmiylar 736 ta "britancha" shtamm, 34 ta Janubiy Afrika shtammi va bitta  Braziliya shtammini aniqlashgan. 

Ushbu shtamm namunalari Hindistonning 18 ta shtatida aniqlangan. 

Mamlakatda 11,6 mln kishi koronavirus yuqtirgan. 160 mingdan ko‘p bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston koronavirus

Baholaganlar

190

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing