Hindistonda “qora mog‘or”ga chalingan va undan vafot etganlar soni ortmoqda
Olam
−
11 iyun 2021
4612Hindistonda mukormikoz (“qora mog‘or”) bilan kasallanganlar soni 31 216 nafarga yetdi, zamburug‘ kasalligidan 2 109 kishi vafot etdi. Bu haqda NDTV telekanali tibbiy manbalarga asoslanib xabar bergan.
26 may holatiga ko‘ra, mukormikoz kasalligiga chalinganlar soni 11 ming 717 nafarni tashkil etgan. Telekanal suhbatdoshlarining xabar berishicha, holatlar sonining ko‘payishi kasallikka qarshi preparatning keskin yetishmasligi bilan ham bog‘liq.
Aksariyat holatlar Maxarashtra (7057 kishi yuqtirgan, 609 kishi vafot etgan) va Gujarat (5418 kishi yuqtirgan, 323 kishi vafot etgan) shtatlarida qayd etilgan.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, mukormikoz ko‘pincha reanimatsiya bo‘limida bo‘lgan va uzoq vaqt davomida steroidlar yoki kislorod bilan ta’minlangan COVID-19 bemorlarida aniqlanadi. Kasallik uzoq vaqt davomida katta dozada steroid qabul qilgan diabet kasalligiga chalinganlarda ham qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Hindistonda “oq mog‘or”, “qora mog‘or” va “sariq mog‘or” tarqalishi qayd etilgan.
Avvalroq, Hindistondagi shifoxonada “sariq mog‘or” kasalligi aniqlangan ilk bemor vafot etgani haqida xabar bergandik.
Shuningdek, Misrda ham “qora mog‘or” — mukormikoz kasalligining yettita holati qayd etilgandi.
LiveBarchasi