Hindistonda qiruvchi samolyot halokatga uchradi

Olam

image

Bugun, 4 noyabr kuni Hindiston havo kuchlarining MiG-29 samolyoti rejalashtirilgan o‘quv parvozi paytida halokatga uchradi. Bu haqda mamlakat havo kuchlari matbuot xizmati xabar berdi.

“Hindiston havo kuchlarining MiG-29 samolyoti Agra yaqinida nosozlikka duch kelganidan keyin rejalashtirilgan o‘quv parvozi paytida halokatga uchradi”, deyiladi xabarda.

Hukumat tomonidan avariya sababini aniqlash uchun tergov o‘tkazish buyurildi.

Xabarga ko‘ra, samolyotni boshqargan haydovchi manyovr qilgan.

Ma’lumot uchun, MiG-29 to‘rtinchi avlod sovet ko‘p maqsadli qiruvchi samolyoti 1970 yillarda A. I. Mikoyan nomidagi tajriba konstruktorlik byurosida ishlab chiqilgan.

MiG-29 oddiy va murakkab ob-havo sharoitida, bo‘sh joyda va yer fonida barcha turdagi havo nishonlarini yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, 22 oktyabr kuni Braziliya harbiy-havo kuchlarining F-5M qiruvchi samolyoti aviabaza yaqinida o‘quv parvozi vaqtida halokatga uchragandi. Samolyot Parnamirin turarjoylari yaqinidagi o‘rmonli hududga qulagan. Uchuvchi samolyotni turarjoy binolari bo‘lmagan hududga olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Uchuvchi o‘zini samolyotdan tashlagan, qiruvchi samolyot qulaganidan keyin yong‘in boshlangan. Uchuvchi keyingi tekshiruvlar uchun Natal aviabazasi gospitaliga olib ketilgan.

26 oktyabr kuni esa Avstraliyaning Sidney shahri janubi-g‘arbida ikki yengil samolyot havoda to‘qnashib ketgandi. Oqibatda samolyot qulab tushgan va uch kishi halok bo‘lgandi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Hindiston qiruvchi samolyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing