Hindistonda IES portladi. Bu ikki oy ichida ikkinchisi

Olam

image

Hindistondagi issiqlik elektr stansiyasida qozon portladi. Oqibatda, kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi va 13 kishi jarohat oldi. Bu haqda bugun, 1 iyul kuni NDTV telekanali ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, hodisa janubiy Tamilnad shtatidagi Kuddalor okrugida sodir bo‘lgan.

Barcha jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan.

"Qozon ishlamadi. Biz voqeani tergov qilmoqdamiz", dedi elektr stansiyasi vakili.

Bu so‘nggi ikki oy ichida ushbu elektr stansiyadagi ikkinchi portlashdir. May oyida shunga o‘xshash voqeada sakkiz ishchi yonib ketgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston

Baholaganlar

102

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing