Hindistonda dahshatli portlash sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
06 fevral
11537Hindistonning Madhya-Pradesh shtatining markaziy Bayragar qishlog‘ida yashirin pirotexnika zavodida yuz bergan portlash oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odam jarohat olgan. Bu haqda bugun "Hindustan Time" gazetasi ma’lum qildi.
“Ushbu portlashda 11 kishi halok bo‘ldi, 80 dan ortiq kishi jarohat oldi. Hodisaga 50 dan ortiq tez yordam mashinasi, 400 nafar politsiyachi, o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar jalb qilingan”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi tiqilinchda qolib ketgan.
"Bular asosan portlashdan keyin tiqilinchdan halok bo‘lgan odamlardir, biz hali portlash joyiga yetib bormadik, chunki yong‘in davom etmoqda va o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirish ustida ishlamoqda”, deydi politsiya bo‘limi mas’uli Abdul Rais Xon.
Shuningdek, zavodda 200-300 ga yaqin ishchi ishlagan va ichkarida yana odamlar qolib ketgan bo‘lishi ham mumkin.
15 kilometr radiusda sezilgan portlash yaqin atrofdagi 60 ta uyni ham vayron qilgan. Zavodda davom etayotgan portlashlar tufayli rasmiylar yana 100 dan ortiq uydagilarni evakuatsiya qilgan.
Qidiruv, qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonda chaqmoq urishi oqibatida 24 kishi halok bo‘lgan edi.
LiveBarchasi