Hindistonda chaqmoq urishidan 24 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Hindistonning Gujarat shtatida yashin urishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Independent” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 26 noyabr kuni ko‘p sonli chaqmoq urishlari sodir bo‘lgan. Oqibatda 71 ta jonivor halok bo‘lgan va 29 ta uyga zarar yetgan. Shuningdek, 23 kishi turli darajadagi tan jarohati olgan.

Birgina 26 noyabr kuni 4 kishi vafot etgan. Eng ko‘p o‘limlar Daxod tumanida kuzatilgan. Banaskanta va Bxaruchda mos ravishda 3 va 2 kishi halok bo‘lgan.

Shtat hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, momaqaldiroq va do‘l bilan birga kuchli yomg‘ir 27 noyabrgacha davom etgan. Ba’zi joylarda 24 soat ichida 144 mm gacha yomg‘ir yog‘gan.

Hindiston Meteorologiya departamentining bildirishicha, Arab dengizining shimoli-sharqi hamda Saurashtra va Kutch mintaqalariga tutash bo‘lgan siklon aylanishi shtatga kuchli yomg‘ir olib kelgan. 

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, dengiz sathining ko‘tarilishi tufayli XXI asrning oxiriga kelib, halokatli chaqmoqlar soni 50 foizga oshadi.

Iqlimning isishi momaqaldiroq kabi ekstremal ob-havoga olib keladi. Kaliforniya universiteti tomonidan 2015 yilda chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, haroratning har 1C ga oshishi ortidan chaqmoq urishi chastotasi 12 foizga oshadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Hindiston Gujarat Independent yashin urishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing