Hindistonda bemorning qornidan 29 ta qoshiq, 19 ta tish cho‘tkasi topildi
Olam
−
27 Sentabr 2025 6228 1 daqiqa
Hindistonda shifokorlar 40 yoshli erkakning qornidan o‘nlab begona jismlarni olib tashladi. Bu haqda “The Times of India” xabar berdi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan bir oy avval bemor Uttar-Pradesh shtatidagi narkomaniya davolash markazlaridan biriga yotqizilgan. Oradan biroz vaqt o‘tgach, u qornidagi kuchli og‘riqlar haqida shikoyat qila boshlagan. Shundan so‘ng uni davlat shifoxonasiga olib borishgan va tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv natijasida uning oshqozonida o‘nlab begona jismlar to‘plangani aniqlangan.
Nashrga ko‘ra, butun shifokorlar jamoasi bunday narsalarni ko‘rib hayratda qolgan. Erkakning oshqozonidan 29 dona metall qoshiq, 19 dona tish cho‘tkasi va 2 dona ruchka chiqarib olingan.
Bemorning aytishicha, davolash markazida u bilan yomon muomala qilishgan, o‘zini ojiz va g‘azablangan his qilgan. Kuchli tashvish sababli u qo‘liga tushgan narsalarni yuta boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonda shifokorlar noyob kasallikka chalingan chaqaloqda muvaffaqiyatli operatsiya o‘tkazib, uning tanasidan ikkita rivojlanmagan embrionni olib tashlagandi.
Live
Barchasi