Hindistonda 500 ga yaqin odam ishlayotgan fabrika portladi

Olam

image

Hindistonda zavodda portlash sodir bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu fabrikada kamida 500 nafar odam ishlagan. Hodisa kamida yetti kishini hayotdan olib ketdi. Bu haqda ANI axborot agentligi xabar bermoqda.

Portlash Gaziobod okrugidagi Modinagar shahrida sodir bo‘lgan. Yana to‘rt kishi jarohat oldi. Ta’kidlanganidek, dastlab binoda yong‘in boshlangan, shundan keyin portlash sodir bo‘lgan.

Ayni paytda voqea sabablari o‘rganilmoqda. Politsiya fabrika egasini qidirmoqda. O‘lganlarni aniqlash jarayoni davom etmoqda.

Avvalroq, Hindistondagi issiqlik elektr stansiyasida qozon portlashi oqibatda kamida to‘rt kishi halok bo‘lgani va 13 kishi jarohat olgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston

Baholaganlar

127

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing