Hindistonda 50 ga yaqin odam toshqin qurboni bo‘ldi (fotoreportaj)

Olam

image

Hindiston shimolidagi Uttaraxand shtatida kuchli yog‘ingarchilik tufayli yuzaga kelgan toshqin va ko‘chkilar oqibatida kamida 46 kishi halok bo‘ldi.  

“Yomg‘ir bilan bog‘liq hodisalar natijasida Uttaraxandda qurbonlar soni 46 kishiga yetdi, 11 kishi bedarak yo‘qoldi, 12 kishi jarohatlandi”, degan Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘limi kotibi S.A. Murugesan. 

Shtat rahbari Pushkar Singx Dhamiga ko‘ra, shtat hukumati tomonidan qurbonlarning oilalariga 400 ming rupiy (5,3 ming dollar) miqdorida tovon puli to‘lanadi, uyidan ayrilganlarga esa 190 ming rupiy (2,5 ming dollar) beriladi.

 

Ta’kidlanishicha, shtatga yog‘gan kuchli yomg‘ir ko‘chkilar va toshqinlarga olib kelgan, bir qancha aholi punktlari bilan aloqa uzilgan. Naynital kurort shahri, shuningdek Himolay tog‘ etaklarida joylashgan Kaladhungi, Xaldvani va Bxavali shaharlari bilan aloqa butunlay uzilgan. 

Hindistonlik meteorologlar kelgusi bir necha kun davomida kuchli yomg‘ir yog‘ishi haqida ogohlantirgan va aholiga xavfsizlik nuqtai nazaridan uylarini tark etmaslikni maslahat bergan. 

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Uttaraxanddagi vaziyatdan xabardor ekanini aytgan va jarohatlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishini tilagan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston ko'chki toshqin

Baholaganlar

79

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing