Hindistonda 12 yoshli o‘quvchi o‘qituvchi bergan jazoni bajarib vafot etdi
Olam
−
18 noyabr 2025 16994 1 daqiqa
Hindistonda 12 yoshli Kajal Gond ismli o‘quvchi qiz 10 daqiqaga kechikib kelgani uchun jazo sifatida berilgan 100 marta o‘tirib turish mashqini bajarib, vafot etdi. Bu haqda NDTV xabar berdi.
Qiz berilgan jazoni bajarganidan keyin bel og‘rig‘ini boshdan kechira boshlagan. Uning ahvoli hatto uyga qaytganidan keyin ham yaxshilanmagan, aksincha yanada yomonlashgan. Oxir-oqibat u dastlab Nallasoparadagi shifoxonaga yotqizilgan, ammo keyinchalik Mumbaydagi shifoxonaga olib o‘tilgan. Ammo davolanish vaqtida vafot etgan.
Kajal Gondning ota-onasi fojiaga jazo sabab bo‘lgan deb hisoblagan. Aytishlaricha, qiz cho‘kkalab mashq qilayotganda maktab sumkasi uning yelkasida bo‘lgan va bu uning og‘rig‘ini yanada kuchaytirgan.
Nashrda o‘limning aniq sabablari aytilmagan. Ommaviy axborot vositalari, shuningdek, Kajal Gondning shifoxonaga yotqizilgan tashxisi, uning qancha vaqt shifoxonada bo‘lgani yoki uning asosiy tibbiy holati bor-yo‘qligi haqida xabar bermagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy-g‘arbiy Hindistonning Rajastxan shtatida joylashgan boshlang‘ich maktab binosining tomi qulab tushishi oqibatida 7 nafar bola halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi