Hindistonda 12 yashar bola timsohga yem bo‘ldi (video)

Olam

image

Joriy yilning 16 iyul kuni Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida timsoh 12 yashar bolani yeb qo‘ydi. Bu haqda “The Times of India” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, hodisa Bahraich tumanidagi G‘ag‘hara daryosi bo‘yida sodir bo‘lgan. Oltinchi sinf o‘quvchisi amakisi bilan sholi dalasida ishlagandan so‘ng, uyiga qaytayotib daryo bo‘yida qo‘l va oyoqlarini yuvayotgan vaqtda timsoh hujumiga uchragan.

Qayd etilishicha, timsoh bolaning oyog‘idan tishlab, uni daryoga sudrab ketgan. Shundan so‘ng, mahalliy aholi qidiruv ishlarini boshlab, taxminan besh soatdan keyin bolaning jasadini daryodan topgan.

Bahraich tumani o‘rmon xo‘jaligi vakillariga ko‘ra, timsoh bolaning jasadini qisman yeb yuborgan. Mahalliy politsiya hodisani hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan voqea aks etgan videoning haqiqiyligini tasdiqlagan.

Bildirilishicha, halok bo‘lgan bolaning ota-onasi bir necha yil avval vafot etgan. Tuman ma’muriyati uning oilasiga davlat kompensatsiyasi dasturi doirasida 400 ming rupiy miqdorida moddiy yordam ajratilishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘arbiy Avstraliyaning Pert shahri yaqinidagi mashhur dayving va baliq ovlash hududida 38 yoshli erkak oq akula hujumi oqibatida vafot etgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing