Hindiston tankga qarshi raketani sinovdan o‘tkazdi

Olam

image

Hindiston Mudofaa tadqiqotlari va ishlanmalari tashkiloti kecha, 11 dekabr kuni mamlakat Harbiy-havo kuchlari vertolyoti bilan SANT (Stand-off Anti-Tank) raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Hindiston hukumati matbuot xizmati xabar bergan.  

Ta’kidlanishicha, sinovlar Rajastan shtatidagi Poxaran poligonida bo‘lib o‘tgan. 

“Hindiston Mudofaa tadqiqotlari va ishlanmalari tashkiloti hamda Harbiy-havo kuchlari Poxaran poligonida Stand-off Anti-Tank raketasining muvaffaqiyatli parvoz sinovlarini o‘tkazdi”, deyilgan xabarda. 

Ta’kidlanishicha, raketa xavfsiz masofadan yuqori aniqlikni ta’minlaydigan eng zamonaviy qidiruvchi bilan jihozlangan. U 10 kilometrgacha bo‘lgan masofadagi nishonlarni yo‘q qila oladi. 

Hukumat matbuot xizmati xabariga ko‘ra, sinovlar davomida barcha topshiriqlar to‘liq bajarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston raketa

Baholaganlar

261

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing