Hindiston Rossiyaning Ukrainaga o‘q-dori berishni to‘xtatish so‘rovini rad etdi

Olam

image

Hindiston Yevropa Ittifoqi orqali Ukrainaga artilleriya o‘q-dorilarini yuborib, mamlakat jangovar qobiliyatini qo‘llab-quvvatlaydi va o‘tgan yil davomida Rossiyaning ushbu ta’minotni to‘xtatish haqidagi so‘rovini ikki marta rad etdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, oxirgi marta Ukrainaga Yevropa Ittifoqi davlatlari orqali Hindiston snaryadlarini yetkazib berilayotgani masalasini Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ko‘targan. U bu haqda Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subramanyam  Jayshankar bilan iyul oyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda so‘z ochgan. Suhbat davomida Lavrov hindistonlik mavqedoshiga bosim o‘tkazgan va Ukraina armiyasiga berilgan o‘q-dorilarning bir qismi Hindistondagi davlat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilganini ta’kidlagan.

Moskva Nyu-Dehlini yetkazib berishni to‘xtatishga ko‘ndira olmaganiga qaramay, Kreml Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining iyul oyidagi Rossiyaga safarini do‘stona baholagan.

“Reuters” taqdim etgan ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistondan Yevropa Ittifoqiga artilleriya snaryadlari eksporti bir yildan ortiq vaqtdan buyon davom etmoqda. Jumladan, 155 mm kalibrli kuchli portlovchi snaryadlar, 120 va 125 mm kalibrli o‘q-dorilar hamda 120 va 125 mm kalibrli minomyot snaryadlarini yetkazib berish ishlari olib borilmoqda.
 
Qayd etilishicha, Hindiston qurollarini sotish shartlari ularni boshqa mamlakatlarga o‘tkazishni taqiqlasa-da, Italiya va Chexiya snaryadlarni Ukrainaga yo‘naltirmoqda. Hindiston ishlab chiqaruvchilari, shuningdek, o‘q-dorilar komponentlarini Ispaniya va Sloveniyaga eksport qiladi. Ularning mudofaa korxonalari esa Ukraina uchun ta’minot zanjirlarini o‘rnatgan.

Biroq Hindiston hukumatidagi va mudofaa sanoatidagi ikkitadan agentlik manbasi Hindiston Ukraina tomonidan ishlatiladigan o‘q-dorilarning juda oz qismini ishlab chiqarganini ma’lum qildi. Bu urush boshlanganidan buyon Kiyev olgan qurollar umumiy miqdorining 1 foizdan kamrog‘ini tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Ukrainaga tashrif buyurib, Prezident Vladimir Zelenskiyni Moskva boshlagan urushni tugatish uchun Rossiya bilan muzokara o‘tkazishga rozi bo‘lishga chaqirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Hindiston Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made