Hindiston parlamenti Modiga nisbatan ishonchsizlik votumini ko‘rib chiqadi

Olam

image

Hindiston xalq assambleyasi (parlamentning quyi palatasi) Bosh vazir Narendra Modiga nisbatan ishonchsizlik votumini ko‘rib chiqadi. Bu haqda “Hindustan Times” xabar berdi.

Aytilishicha, taklif INDIA muxolifat bloki tomonidan ilgari surilgan. Qonun chiqaruvchi organning tegishli majlisi bugun, 8 avgust kuni boshlanishi kutilmoqda.

Mamlakat shimoli-sharqidagi Manipur shtatida uzoq davom etgan zo‘ravonliklar tufayli ishonchsizlik votumi hukumat rahbariga tahdid solmoqda.

G‘alayonlar 180 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan va minglab odamlar uy-joyini tark etgan.

Muxolifat partiyalari Modini sodir bo‘layotgan voqealarga e’tibor bermaganlikda ayblamoqda.

Ma’lumot uchun, Narendra Modi 2014 yildan Hindiston Bosh vaziri sifatida mamlakatni boshqarib kelmoqda. U Bharatiya Janata partiyasi rahbari sanaladi. Bosh vazir bo‘lishigacha Modi 2001-2014  yillar davomida Gujarat shtatining bosh vaziri bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Narendra Modiga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing