Hindiston Xitoy harbiylarini odam o‘g‘irlashda aybladi
Olam
−
05 Sentabr 2020
7295Hindistonning Xitoy bilan chegaradosh Arunachal-Pradesh shtati rahbariyati xitoylik harbiylar besh kishini o‘g‘irlab ketganini iddao qilib chiqdi.
“Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi Yuqori Subansiri okrugida yashovchi besh kishini o‘g‘irlab ketdi. Men markaziy Hukumatdan ular bilan o‘g‘irlanganlarni ozod qilish bo‘yicha gaplashishni so‘radik. XXOA birinchi marta bunday ish qilayotgani yo‘q. Bir necha oy avval shunday bo‘lgandi: XXOA odam o‘g‘irlab, keyin uni qo‘yib yuborgandi”, degan Ninong Ering.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy shtatda katta bosim yuzaga keltirishi mumkin.
Avvalroq, Ladaxda chegara hududida to‘qnashuv yuz bergandi. "Reuters" agentligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisadan so‘ng, Hindiston Arunachal-Pradesh shtatiga chegara hududida xavfsizlikni ta’minlash uchun qo‘shin tashlagandi.
Xitoy esa Hindiston harbiylari chegarani buzganini va suverenitetiga tahdid bo‘lganini iddao qilib chiqqandi.
Ma’lumot uchun, Ladaxda vaziyat joriy yilning may oyidayoq yomonlashgandi. Bunga ikki davlat harbiylari tog‘ ustidagi Pangong ko‘li atrofida to‘qnashishi sabab bo‘lgandi. Shundan so‘ng, Xitoy va Hindiston chegaradagi harbiylari sonini orttirgandi.
Mojaroning yangi to‘lqini 15 iyunda Galvan vodiysida harbiylar janjallashganidan keyin boshlangandi. Janjaldan so‘ng, Hindiston 20 nafar askari halok bo‘lganini ma’lum qildi. Xitoy esa qurbonlar va jabrlanuvchilar haqida ma’lumot bermadi.
Harbiy qo‘mondonlari va diplomatlarning muzokaralaridan so‘ng, ikki davlat harbiylari avvalgi nuqtasiga qaytdi. Ammo mojaro to‘lig‘icha bartaraf etilmadi.
LiveBarchasi