Hindiston Fransiyaga qo‘shilib Armanistonni urushga tayyorlayapti – “Trend”

Olam

image

Bugun, 12 mart kuni  Hindiston Armanistonga 442,2 million AQSH dollari qiymatidagi qurol-yarog‘ yetkazib berdi. Bu haqda "Trend.az" nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, Hindistonning “Hindustan Aeronautics Limited” (HAL) va  “Container Corporation India” (CONCOR) kompaniyalari tomonidan tuzilgan qo‘shma ishchi guruh Armanistonga "strategik yuklar"ni yetkazishni boshlagan. Harbiy texnikalar Hindistondan Armanistonga shtab-kvartirasi Rossiyaning Perm shahrida joylashgan “Gelix Airlines”  aviakompaniyasiga tegishli “Ilyushin Il-76 TD” yuk samolyoti orqali eksport qilingan.

Hindiston aeroportidan havoga ko‘tarilgan “Il 76-TD” yuk samolyoti ayni paytda Yerevandagi "Zvartnots" aeroportiga qo‘ngan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Hindiston tomonidan yetkazib berilgan qurollar ro‘yxatidan 442,2 million dollarlik "Pinaka Mk-1" raketa tizimlari, ehtiyot qismlar va snaryadlar o‘rin olgan. 

"Shunday qilib, Dehli armanlarni qurollantirish uchun “havo yo‘lagi” yaratganini e’lon qildi va bu yo‘nalish Eron osmonidan o‘tishini ham yashirmadi", deyiladi xabarda.

Nashrning yozishicha, 1914-1918, 1939-1945 yillarda Fransiya “qora askarlar” nomi bilan Marokash, Tunis, Liviya, Senegal askarlarini o‘z maqsadi yo‘lida ishlatgan bo‘lsa, bu safar vosita va qurol sifatida armanlarni tanlagan.

"Shu tariqa, rasmiy Parij Ozarbayjonni o‘z ixtiyori bilan tark etib, Armanistonga qo‘nim topgan qorabog‘lik armanlar va Xonkendidagi sobiq separatist xuntaning qurolli bo‘linmalari a’zolaridan foydalanmoqchi.

Fransiya ushbu qora niyatini amalga oshirish uchun mintaqadagi ittifoqdoshlari Gretsiya, Kipr va Hindiston bilan hamkorlik qilyapti", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Hindiston Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing