Hindiston bug‘doy eksport qilishda Rossiya va Ukrainaning o‘rnini egallamoqchi
Olam
−
16 mart 2022
8755Rossiyaning Ukrainaga hujumi fonida Hindiston yaqin kelajakda bug‘doy eksporti bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lish uchun bir qator qadamlar qo‘ymoqchi. Bu haqda Hindiston hukumatidagi manbalarga tayanib, “Mint” gazetasi xabar bergan.
Nashrning yozishicha, Hindiston bug‘doy importchilari yetkazib berish uchun kurashayotgan vaziyatdan foydalanmoqchi, ayni paytda eng yirik bug‘doy eksportchisi Rossiya va yana bir yetakchi yetkazib beruvchi Ukraina ziddiyatli holatda.
Nyu-Dehli taxminan ikki hafta ichida ko‘rmoqchi bo‘lgan chora-tadbirlar hukumat tomonidan sertifikatlangan laboratoriyalar eksport uchun bug‘doy sifatini zudlik bilan sinab ko‘rishini ta’minlash, port ma’muriyati bug‘doy eksportiga ustuvor ahamiyat berish va donni tashish uchun qo‘shimcha temir yo‘l vagonlarini taqdim etishni o‘z ichiga oladi.
Hukumat eksport qilinadigan bug‘doy sifatini tekshirish uchun 213 ta laboratoriya tanlab olgan, shuningdek, davlat standartlari byurosidan sifatni nazorat qilishni so‘ragan.
Iste’molchi ishlari, oziq-ovqat va jamoat taqsimoti vazirligi departamenti boshlig‘i Sudxanshu Pandei Hindiston joriy moliyaviy yilda (31 martda tugaydi) 7 million tonna bug‘doy eksport qilishi taxmin qilinayotganini aytgan, bu rekord ko‘rsatkich.
Avvalgi rekord 2012-2013 moliya yilida qayd etilgan bo‘lib, Hindiston eksport uchun 6,5 million tonna bug‘doy jo‘natgan.
LiveBarchasi