Hindiston Bosh vaziri kutilmaganda Xitoy chegarasiga bordi
Olam
−
04 iyul 2020
11962Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi kutilmaganda Xitoy bilan chegarada joylashgan bahsli hududdagi harbiy bazaga tashrif buyurdi. Bu haqda “Associated Press” xabar bermoqda.
Hukumat rahbari qurolli kuchlarning yuqori martabali amaldorlari hamrohligida Ladakxdagi bazaga yetib keldi. U yerda u askarlarga nutq so‘zladi. Modi ularga mamlakat qiyin vaziyatdan faqat kuchli bo‘lib chiqishini aytdi va ularning jasoratini maqtadi. U, shuningdek, Xitoyning harakatlariga aniq murojaat qilib, ekspansionistik siyosat davri tugaganini eslatib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Hindiston armiyasi 26 iyun kuni Xitoy bilan chegaradagi Ladakx tumaniga qo‘shimcha qo‘shin kontingentini joylashtirdi. “The Times of India” gazetasining yozishicha, jami 30-36 ming kishilik uchta piyodalar bo‘linmasi, tanklar va artilleriya qurilmalari Xitoy bilan chegarada joylashtirilgan. Hindiston harbiy-havo kuchlari jangchilari bu hududni muntazam ravishda patrul qilmoqda.
Dunyoda aholisi eng zich joylashgan ikki mamlakat – Hindiston va Xitoyni rasmiy ravishda o‘rnatilmagan va chegaralanmagan, faqatgina nazorat chizig‘i ajratib turadi. Shu nuqtai nazardan, har bir tomon buni o‘zicha tushunadi. Chegara hududining ikkita qismi munozarali bo‘lib qolmoqda: Kashmirning shimoli-sharqiy qismi va Arunachal Pradesh shtatining shimoli.
LiveBarchasi