Hindiston AQSHga 31 ta hujumchi dron sotib olish bo‘yicha so‘rov yubordi
Olam
−
08 Sentabr 2023
1720Hindiston Mudofaa vazirligi AQSH hukumatiga 31 ta MQ-9B Reaper hujumchi dronlarini sotib olish bo‘yicha rasmiy so‘rov yubordi, kelishuv 2024 yilning apreligacha yopilishi mumkin. Bu haqda “The Times of India” nashri xabar berdi.
Aytilishicha, yozma so‘rov Bosh vazir Narendra Modi va Nyu-Dehlidagi G20 sammitiga keladigan AQSH Prezidenti Jo Bayden o‘rtasidagi uchrashuv arafasida yuborilgan. Prezident Bayden ma’muriyatidan bir oydan ikki oygacha bo‘lgan muddatda javob olinishi kutilmoqda.
“Vazifa joriy moliyaviy yil davomida (2024 yil 31 martda tugaydi) yoki kalendar yili tugagunga qadar yuqori parvoz davomiyligiga ega dronlarni sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolashdan iborat. Qurolli kuchlar kelgusi 6-7 yil ichida Hindistonda General Atomics tomonidan yig‘iladigan dronlarni qabul qilishni kutmoqda”, deydi manba.
Hindiston so‘roviga AQSH rasmiy javobidan so‘ng tomonlar shartnoma narxini kelishib oladi. Dastlab u taxminan 3,1 milliard dollarga baholangan.
Hindiston qurolli kuchlarning har uch turi uchun dronlar sotib olishi kutilmoqda, chunki dronlar dengizda razvedka, suv osti kemalariga qarshi urush, quruqlikdagi hujum va ufqdan nishonga olish kabi turli funksiyalarni bajarishi mumkin. Hindiston harbiy-dengiz kuchlari 2020 yilda ikkita Predator razvedkachi dronlarini ijaraga olgan holda Amerika dronlarining ushbu modelini sinab ko‘rgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida Modining Vashingtonga tashrifi chog‘ida dron sotib olish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishilgandi.
LiveBarchasi