Hindiston AQSHdan 73 mingta qurol sotib oladi

Olam

image

Hindiston Qo‘shma Shtatlar bilan NATO standartidagi kalibrli – 7,62x51 mm kamerali 73 ming dona SIG-Sauer-716 Patrol avtomatlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda “The Indian Express” xabar berdi.

“500 metr masofaga uchadigan SIG-Sauer-716 Patrol avtomatlari Hindistonning Xitoy va Pokiston bilan chegaralarida joylashgan armiya bo‘linmalarini qurollantirish uchun mo‘ljallangan”, deyiladi xabarda. 

Shartnoma Hindiston Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan tezlashtirilgan harbiy xaridlar dasturi doirasida imzolangan. Avvalroq Nyu-Dehli va Vashington 72 400 dona SIG-716 avtomatlarini yetkazib berish bo‘yicha birinchi kelishuvga erishgan edi. Shu orqali, 145 400 ta bunday avtomat Hindiston armiyasiga xizmat qiladi. Ular uchun o‘q-dorilar ishlab chiqarish to‘liq Hindiston harbiy-sanoat kompleksi korxonalari tomonidan ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston Yaponiya bilan xavfsizlik borasidagi hamkorlikni kuchaytirayotgani xabar qilingan edi.

Shexroz Jalg‘ashev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh qurol Hindiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing