Hindiston aholi soni bo‘yicha peshqadamlikni saqlab qoldi
Olam
−
18 aprel 2023
132752023 yilda Hindistonda yashovchilar soni Xitoy aholisi sonidan oshib ketdi. Bu haqda World Population Review veb-sayti ma’lum qildi.
Bugun, 18 aprel kungi holatga ko‘ra, Hindiston aholisi 1 milliard 425 million 957 ming 726 kishini, Xitoy aholisi esa 1 milliard 425 million 743 ming 461 kishini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich ayni paytda ham oshib borayotgani aytilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aholi soni bo‘yicha 2022 yilda Xitoy birinchi o‘rinda edi. Uning aholisi 2022 yil oxirida 1 milliard 425 million 887 ming 337 kishini tashkil etdi. Hindistonda esa 1 milliard 417 million 173 ming 173 kishi bo‘lgan. Prognozlarga ko‘ra, agar Hindiston aholisi shu zaylda o‘sishda davom etadigan bo‘lsa, bu mamlakatni dunyoning eng zich o‘lkasiga ham aylantiradi.
Birlashgan millatlar tashkilotining 2022 yilgi Jahon aholisi istiqbollari hisobotida aytilishicha, Hindiston 2023 yilda dunyodagi eng ko‘p aholi yashaydigan mamlakat sifatida Xitoyni ortda qoldiradi.
LiveBarchasi