Hind ssenariysi takrorlanishi mumkin – JSST Yevropa davlatlarini ogohlantirdi
Olam
−
30 aprel 2021
5523Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa davlatlarini cheklovlarni tezda bekor qilish koronavirus bilan kasallanishning ko‘payishiga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
JSSTning Yevropa bo‘limi rahbari Xans Klyugening so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab Yevropa mamlakatlari yaqin kelajakda cheklovlarni yumshatishni rejalashtirmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, choralarni juda tez bekor qilish "har qanday mamlakatda kuchli bo‘ron"ga olib kelishi mumkin.
"Hind ssenariysi har qanday joyda takrorlanishi mumkin", deya ta’kidlagan u.
Klyuge shu paytgacha Yevropa aholisining 16 foizi koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini olganini qo‘shimcha qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, mintaqa koronavirus kasalligi tarqalishi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi: 44,4 million kishi infeksiya yuqtirgan, bir milliondan ortiq bemor vafot etgan.
LiveBarchasi