Hilola Umarova vazirlikdan ketdimi?
Jamiyat
−
31 Oktabr
24052Ijtimoiy tarmoqlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova lavozimini tark etgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida vazirlik matbuot xizmati bilan bog‘landi.
Vazirlik matbuot kotibi Dilfuza Sobirovaning bizga ma’lum qilishicha, vazir Umarovaning deputat bo‘lish uchun lavozimini tark etgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Joriy yil 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovida Hilola Umarova nomzodi O‘zLiDePdan deputatlikka ko‘rsatilgan edi.
QALAMPIR.UZ manbasining xabar qilishicha, Hilola Umarova deputatlikni rad etib ariza yozgan va u vazirlikdagi faoliyatini davom ettiradi.
Ma’lumot uchun, Hilola Umarova 1988 yilda Germaniyaning Vaymer shahrida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – tashqi iqtisodiy faoliyat. U Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktab direktori, INHA universiteti bosh menejeri, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimlarida ishlagan. Umarova 2022 yilning so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlangan.