Hech narsa qolmadi – AQSH koronavirusga qarshi preparat zaxirasini qo‘lga kiritdi

Olam

image

AQSH yangi koronavirus keltirib chiqaradigan kasallikni davolash uchun ishlatiladigan “Remdesivir” preparatining deyarli barcha zaxirasini sotib oldi. “The Guardian” gazetasining yozishicha, keyingi uch oy ichida Amerikaning Gilead Sciences biofarmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan mazkur dorini biror bir davlat bu hajmda sotib ololmaydi.

"Ular dori-darmon zaxirasining katta qismini egallashga muvaffaq bo‘lishdi. Shuning uchun Yevropa uchun hech narsa qolmadi", deydi Liverpul Universitetining katta ilmiy xodimi Endryu Xill.

Gilead Sciences ma’lumotlariga ko‘ra, “Remdesivir”ni koronavirus bilan kasallangan bemorlarda qo‘llash tiklanish davrini to‘rt kungacha qisqartirishi mumkin. O‘rtacha, bir kishi olti ampuladan iborat preparat bilan besh kunlik kursga muhtojdir. Rivojlangan mamlakatlarda kompaniya dori uchun bitta ampulaga 390 AQSH dollari miqdorida narx belgilaganligini hisobga olsak, to‘liq kurs 2340 dollarni tashkil qiladi.

“The Guardian” xabariga ko‘ra, turli mamlakatlardagi laboratoriyalarda tekshirish uchun yuborilgan preparatning birinchi 140 ming dozasi tugagan. Endi Amerika ma’muriyati 500 mingdan ortiq dozani qo‘lga kiritdi. Bu iyul, avgust va sentyabr oylarida ishlab chiqariladigan preparat hajmining 90 foiziga to‘g‘ri keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus AQShda

Baholaganlar

918

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing