“Hech qanday imkoniyat yo‘q”. Rossiya Poroshenkoning Qrim haqidagi gaplariga javob berdi

Olam

image

Avvalroq, Ukrainaning sobiq Prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat Qrimni Rossiyadan qaytarib olish uchun "noyob imkoniyat"ga ega bo‘lgani haqida gapirgan edi.  Sobiq davlat rahbarining ushbu gaplariga Rossiya tomoni munosabat bildirdi.

Ukrainada "Qrimni qaytarish uchun noyob imkoniyat yo‘q". Tegishli bayonotni rossiyalik senator Aleksey Pushkov berdi.

"Ukrainaning Qrimni qaytarib olish imkoniyati yo‘q, Poroshenko hatto “noyob imkoniyat” haqida gapirmasa bo‘lardi. Epidemiya va neft narxi bunga ta’sir qilmaydi", deb yozdi Pushkov Twitter’dagi o‘z sahifasida.

Poroshenkoga neft narxining pasayishi va Rossiya Federatsiyasidagi "chuqur inqiroz" Kiyevga xalqaro hamjihatlikni mustahkamlashga va Rossiyani Qrimni tark etishga majbur qilishi mumkinligi haqida gapirgan edi.

Senatorning ta’kidlashicha, 1991 yilda tarix Kiyevga Qrimni qutqarish uchun imkoniyat bergan, ammo Ukraina bu imkoniyatdan foydalanmadi va 2014 yilda yarimorolni butunlay yo‘qotdi.

Ma’lumot o‘rnida, Qrim Rossiyaga 2014 yil bahorida, yarimorol aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan referendumdan keyin qo‘shilgan. Qrim hududi Rossiya tomonidan bosib olindi, deb hisoblovchi Kiyev, AQSH va YeI mamlakatlari ushbu referendumni haligacha tan olmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Qrim

Baholaganlar

360

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing