Hech qachon O‘zbekiston “Lukoyl”dan qarzdor bo‘lmagan – Alisher Sultonov
Jamiyat
−
25 noyabr 2020
10063Avval xabar berganimizdek, bugun, 25 noyabr kuni Energetika vaziri Alisher Sultonov, vazir o‘rinbosarlari Sherzod Xo‘jayev, Behzod Normatov, “Hudud gaz ta’minot” AJ boshqaruv raisi Bahodir Eshmurodov, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisi Ulug‘bek Mustafoyev ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda mamlakatning energetika sohasi rahbarlari O‘zbekiston “Lukoyl” kompaniyasidan qarzdor bo‘lib qolgani haqidagi xabarlarga ham munosabat bildirdi.
“Asosiy vazifamiz aholini va iqtisodiyotni gaz bilan ta’minlab berish bo‘lgani uchun o‘zimizda iste’mol oshgani uchun zarur bo‘lganda “Lukoyl”dan kerakli hajmda ichki bozor uchun sotib olganmiz. “Lukoyl”ning iqtisodiyoti biznes modeliga mo‘ljallangan bo‘lgan. Shunga eksport narxida sotib olinib, ichki bozorga aholiga 5-6 baravar arzonga sotilgan. Shu orqali qarzdorlik kelib chiqqan. Bu “Lukoyl” bilan kelishilgan holda gravfik asosida maxsus hisoblardan qaytarib borilyapti”, dedi Behzod Normatov.
Ayni masala yuzasidan vazir Alisher Sultonov ham qo‘shimcha qilib, O‘zbekiston hech qachon “Lukoyl”dan qarzdor bo‘lmaganini aytib o‘tdi.
“Hech qachon O‘zbekiston “Lukoyl”dan qarzdor bo‘lmagan. O‘z vaqtida O‘zbekistonning “Lukoyl”dan qarzdorligi to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumot tarqalib ketgan. “Lukoyl” ham O‘zbekiston mendan qarz deb e’lon qilgani yo‘q. U payt “O‘zbekneftegaz” qarz bo‘lgan. “O‘zbekneftgaz” uchga bo‘lingandan keyin qarzni “O‘ztransgaz” zimmasiga oldi, barcha to‘lovlar jadval bo‘yicha ketyapti”, dedi Sultonov.
Behzod Normatovning ta’kidlashicha, shu kunga qadar, mamlakatni “Lukoyl” loyihasidan daromadi 4 mlrd dollardan ziyod bo‘lgan, O‘zbekiston gazini sotish hisobiga “Lukoyl” 1 mlrd dollardan sal ko‘proq pul ishlagan. Shu qatorda, kompaniya o‘zi shu loyihaga 7 mlrd dollar mablag‘ kiritib, davlatdagi eng yirik investorlardan biri hisoblanadi
LiveBarchasi