“Hech qachon!” Eron AQSH bilan muzokara qilmasligini ma’lum qildi

Olam

image

Eron general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgani sabab AQSH bilan har qanday sharoitda ham muzokara qilmaydi. Bu haqda Eron Oliy rahbari Ali Homanaiyning harbiy maslahatchisi Husayn Dehgan ma’lum qilgan.

OAV ma’lumotiga ko‘ra, Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Zarif general Sulaymoniy o‘ldirilganidan so‘ng AQSH bilan muzokara olib borish imkoniyatlari haqida gapirgan edi. Vazir shartlardan biri sifatida rasmiy Tehronga qartilgan sanksiyalar olib tashlanishi kerakligini aytgan. Bu taklifga AQSH prezidenti Donald Tramp o‘z munosabatini bildirar ekan, sanksiyalar olib tashlanmasligini ma’lum qildi. O‘z navbatida, Muhammad Zarif AQSH Prezidentining munosabatiga o‘z fikrini bildirar ekan, OAVdagi sarlavhalarga emas, faktlarga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.  

“Har qanday sharoitda ham eron millati bu kabi tahqirlashga chidamaydi. Bu xalq boshqa bir mamlakatda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan rasmiy amaldorni o‘ldirish haqida buyruq berganlar bilan muzokaralar olib bormaydi”, degan Eron Oliy rahbari maslahatchisi.  

Dehganning ta’kidlashicha, Eron AQSH bilan ikki tomonlama muzokara olib borish niyatida emas, faqatgina yadroviy bitimlar bo‘yicha bilvosita muloqot o‘rnatilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron

Baholaganlar

105

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing