Hech qachon eng zo‘ri bo‘lishni istamaganman – Messi orzulari haqida
Sport
−
04 dekabr 2021
4183PSJ hujumchisi Lionel Messi yettinchi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritganidan so‘ng, ilk marta o‘z fikrlarini bildirdi.
“Men hech qachon tarixdagi eng yaxshi futbolchiman, deb aytmaganman. Bu fikrga yaqinlashishga ham urinmadim. Eng yaxshilardan biri deb hisoblashlarining o‘zi yetarli. Axir men bu kunlarni tasavvur ham qila olmasdim. Hech qachon eng zo‘ri bo‘lishni xohlamaganman. Kimgadir kumir bo‘lishni yoki maslahat berishni yoqtirmayman. Men orzularim uchun kurashdim. Avvaliga professional futbolchi bo‘lishni orzu qilardim, keyin esa har yili o‘sish va yangi maqsadlarga erishish uchun harakat qildim. Bunda biroz omad ham rol o‘ynaydi. Ishonamanki, meni Yaratgan hamma narsa bilan siyladi”, deya Messining so‘zlarini keltirmoqda “France Football”.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” bosh murabbiyi Xavi sobiq jamoadoshi va PSJ hujumchisi Lionel Messi yettinchi marta “Oltin to‘p”ni haqli ravishda qo‘lga kiritgani adolatli qaror bo‘lganini ta’kidlagani haqida xabar bergan edik.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 29 noyabr kuni Lionel Messi faoliyatida 7-marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Levandovski ikkinchi o‘rinni egalladi. Mukofot topshirilganidan so‘ng, Messi Robertning o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lganini aytgan edi.
LiveBarchasi