“Hazilning tagi jarima”. Buxoroda videolari sabab vaynerga chora ko‘rildi
3-sahifa
−
03 aprel 2024 15069 1 daqiqa
Buxoro viloyatida vayner suratga olingan videosi sabab jarimaga tortildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bloger yigit 2 aprel kuni Buxoro shahrida go‘yoki sevgan qiziga kutilmagan sovg‘a qilish bahonasida suratga olgan videolavhasida boshqaruvida bo‘lgan KIA rusumli avtomashinasi bilan oqimga qarshi harakatlanib, "palasa"ni bosgani aniqlangan.
"Mazkur videolavha uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylangan. Holat viloyat ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi inspektorlari tomonidan zudlik bilan o‘rganilib, qoidabuzar topilgan. Avtomashina esa jarima maydoniga joylashtirilgan", deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, vaynerning hisobida 10 ta buzilgan qoidabuzarlik va to‘lanmagan jarimalar mavjud.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr