Hajga ruxsatnomasiz borganlar 10 yilgacha deportatsiya qilinishi mumkin

Olam

image

Bugun, 29 aprel kunidan boshlab Saudiya Arabistoni ruxsatnomasiz haj amalini ado etganlar va bunga yordamlashganlarga jarima va deportatsiya kabi choralarni qo‘llaydi. Bu haqda “Saudi Gazette” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, endi ruxsatnomasiz haj ibodatini ado etayotgan yoki ado etishga urinayotgan shaxslarga 20 000 Saudiya rialigacha (5,3 ming AQSH dollari) miqdorida jarima solinadi.

Bildirilishicha, ma’lum muddat davomida Makka shahri va muqaddas joylarga kirishga yoki u yerda qolishga uringan barcha turdagi tashrif vizalari egalariga ham xuddi shunday jazo qo‘llaniladi.

Qolaversa, ruxsatnomasiz Hajga borgan yoki borishga uringan, shuningdek, Makka shahri va muqaddas qadamjolarga kirgan yoki u yerda bo‘lgan shaxsga ziyorat vizasi uchun murojaat qilgan har qanday shaxsga 100 000 Saudiya rialigacha (taxminan 26 ming AQSH dollari) jarima qo‘llaniladi.

Shu bilan birgalikda, Makkaga ruxsatnomasiz haj qilish uchun bostirib kirganlar, xoh u yerda yashovchilar bo‘lsin, xoh muddatidan ortiq yashovchilar, deportatsiya qilinadi va 10 yil davomida Saudiya Arabistoniga kirishi taqiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh prokuratura so‘nggi paytlarda ayrim tadbirkorlik sub’ektlari aldov yo‘li bilan Haj va Umra ziyoratini tashkil etib berishni va’da qilib, fuqarolarni Saudiya Arabistoniga olib borayotgani va tadbirlarni tashkil etmay, ziyoratchilarni sarson qilib, ularning xavfsizligini xavf ostida qoldirayotgani yuzasidan ogohlantirish bilan chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Haj Makka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing