“Hayraton – Mozori Sharif” temiryo‘lini rekonstruksiya qilish boshlandi
Olam
−
21 fevral
6549Bugun, 21 fevral kuni "Hayraton" stansiyasida “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ hamda Afg‘oniston temiryo‘l boshqarmasi vakillari ishtirokida "Hayraton – Mozori Sharif" temiryo‘l liniyasini qayta tiklash va ta’mirlash ishlariga bag‘ishlangan ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "O‘zbekiston temiryo‘llari" aksiyadorlik jamiyati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tomonlarning kelishuviga asosan, tiklash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, "O‘zbekiston temiryo‘llari" AJ tomonidan birinchi bosqich uchun 120 nafar ishchi xodim safarbar qilingan.
Birinchi bosqichda yuk vagonlarini qisqa muddatda “Naybobod” stansiyasiga yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Ushbu maqsadda “Hayraton” stansiyasining “B” parkida hamda temiryo‘l infrastrukturasining 57 km bo‘lgan hududlarida to‘liq tiklash ishlari parallel ravishda tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning fevral oyi boshlarida “Hayraton – Mozori Sharif” temiryo‘lidan foydalanish bo‘yicha 2 yillik bitim imzolangan edi.
LiveBarchasi