Hayit namozi vaqtlari e’lon qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2026 yil Ramazon hayiti (Iydul fitr) 20 mart, juma kuniga to‘g‘ri kelayotgani munosabati bilan hayit namozi vaqtlarini belgilab chiqdi.

Ramazon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari quyidagicha belgilandi:

1. Andijon viloyati 06:40

2. Farg‘ona viloyati 06:40

3. Namangan viloyati 06:40

4. Toshkent shahar 06:50

5. Toshkent viloyati 06:50

6. Sirdaryo viloyati 06:55

7. Jizzax viloyati 07:00

8. Samarqand viloyati 07:00

9. Navoiy viloyati 07:05

10. Buxoro viloyati 07:05

11. Qashqadaryo viloyati 07:05

12. Surxondaryo viloyati 07:05

13. Xorazm viloyati 07:25

14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 07:30

Ma’lumot uchun, kecha, 18 mart kuni “Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori ham qabul qilindi.

Unga ko‘ra, joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 20 mart – juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinib, mamlakatda 2026 yil 20 mart kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Ramazon hayitini hududlarda xalqning milliy an’ana va urf-odatlariga hamda Navro‘z umumxalq bayramiga uyg‘un holda ko‘tarinki ruxda nishonlash, bayram kunlarida aholi o‘rtasida mehr-oqibat, hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlashga qaratilgan madaniy-ma’rifiy hamda xayriya tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Turizm qo‘mitasi Transport vazirligi bilan birgalikda aholi uchun Ramazon hayiti kunlarida mo‘’tabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramazon hayiti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing