Hayit kunlari Toshkentda jamoat transporti qanday ishlashi belgilandi

Jamiyat

image

Ramazon hayiti nishonlanadigan kunlarda Toshkentda jamoat transporti qay tartibda ishlashi belgilandi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Matbuot xizmati xabar qildi.

Ramazon hayiti nishonlanishi munosabati bilan 2022 yil 2, 3, 4, 7 va 9 may kunlari jamoat transporti harakati quyidagicha tashkil etiladi:

•  2022 yil 2 may, dushanba – ishlanmaydigan bayram kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
•  2022 yil 3 may, seshanba – qo‘shimcha dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
•  2021 yil 4 may, chorshanba – qo‘shimcha dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
•  2022 yil 7 may, shanba – ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
•  2021 yil 9 may, dushanba – ishlanmaydigan bayram kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.

Ma’lumot uchun, Ramazon kuni hozircha rasman e’lon qilinmadi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi - muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarovga ko‘ra, barchasi shariat qoidalariga binoan bo‘lishi va millionlab musulmonlarga eng to‘g‘ri ma’lumotni yetkazishdagi mas’uliyat sababli joriy yildan boshlab Ramazonning boshlanishi va hayitlarni aniqlashda o‘zgacha usuldan foydalaniladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramazon hayit

Baholaganlar

143

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing