Hayot uchun zarur bo‘lmagan byudjet xarajatlari qisqartiriladi – Moliya vaziri

Jamiyat

image

Koronavirus pandemiyasi natijasida Davlat byudjetining ikkinchi choragida ma’lum qiyinchiliklar yuzaga keladi. Shu sababli, hayot uchun zarur bo‘lmagan xarajatlarni keyingi choraklarga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Moliya vaziri Timur Ishmetov onlayn brifingda ma’lum qildi. 

“Byudjetda ko‘zda tutilgan taqchillik aynan ikkinchi chorakda shakllanadi. Ya’ni, odatda birinchi, uchinchi va to‘rtinchi chorakka nisbatan ikkinchi chorak og‘irroq bo‘ladi. Koronavirus tarqalishi, unga qarshi kurashish va karantin vaqti ham aynan shu bosqichga to‘g‘ri kelgani tufayli bu yana byudjetga qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘diradi. 

Shu sababli, byudjetda daromadlarning qisman kamayish ehtimoli bor. Byudjetning ayrim hayot uchun zarur bo‘lmagan xarajatlarni keyingi choraklarga o‘tkazish, ayrimlarini qisqartirish bo‘yicha takliflar tayyorlangan va hukumatga kiritilgan”, deya ta’kidladi Moliya vaziri. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining barqarorligini ta’minlash va byudjet xarajatlarini maqbullashtirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilangan edi. Qarorda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan
 


Maqola muallifi

Teglar

Davlat byudjeti Timur Ishmetov koronavirus

Baholaganlar

200

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing