Haydovchining mastligini aniqlash tartibi belgilandi

Jamiyat

image
Haydovchi YPX xodimining dislokatsiya ko‘chirmasini joyida ko‘rish huquqidan mahrum bo‘ldi north_east

Haydovchi YPX xodimining dislokatsiya ko‘chirmasini joyida ko‘rish huquqidan mahrum bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Nizomga haydovchilarning alkogolli ichimliklar ta’siridan mast holatda ekanligini aniqlash tartibi kiritildi.

Mastlik holati alkotester yordamida hodisa joyida aniqlanishi mumkin. Tekshiruv kamida 2 ta xolis ishtirokida amalga oshiriladi (kuzatuv kamerasidan (body camera) foydalanilgan hollar mustasno).

Tekshiruvda etanol bug‘ 0,135 milligramm va undan ko‘p bo‘lganida haydovchiga nisbatan bayonnoma rasmiylashtiriladi.

Transportlarning tusi o‘zgartirilgan (tonirovka) oynalari me’yorlariga javob berishiga aniqlik kiritish uchun taumetr moslamasidan foydalaniladi.


Maqola muallifi

Teglar

YPX

Baholaganlar

629

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing