Haydovchi YPX xodimining dislokatsiya ko‘chirmasini joyida ko‘rish huquqidan mahrum bo‘ldi

Jamiyat

image

Endilikda haydovchi Yo‘l-patrul xizmati xodimining dislokatsiyasi ko‘chirmasi bilan o‘sha joyning o‘zida tanisha olmaydi. Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda YPX xodimi transportni hujjatlarni tekshirish uchun to‘xtatganda, tekshirish jarayonida aniqlangan barcha huquqbuzarliklar bo‘yicha chora ko‘radi.

Ilgari faqat hujjatlarni tekshirish jarayonida aniqlangan qoidalar buzilishi bo‘yicha chora ko‘rilgan.

Haydovchi YPX xodimining dislokatsiyasi ko‘chirmasi bilan o‘sha joyning o‘zida tanishishi mumkinligiga oid norma chiqarib tashlandi. Bunda dislokatsiya bilan tanishish uchun saf bo‘limiga murojaat etish orqali yozma ma’lumot olishni talab qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, yangilangan Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, mashinaning old o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchi ham xavfsizlik kamarini taqib yurishi majburiy etib belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

YPX

Baholaganlar

326

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing