Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlarni o‘tkazish xususiy tashkilotlarga topshiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni o‘tkazish sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Loyihada nazarda tutilishicha, Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2021 yil 1 apreldan boshlab:

•    haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari xizmat ko‘rsatish hududlarida Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining (keyingi o‘rinlarda – DYHXX) nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish faoliyatini tadbirkorlik sub’ektlarining tegishli litsenziyasi amal qilish sanasidan e’tiboran to‘xtatiladi;
•    haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi;
•    tadbirkorlik sub’ektlarida haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘tkaziladigan nazariy va amaliy imtihonlar jarayoni ustidan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati vakilining bevosita yoki onlayn nazorati ta’minlanadi.

IIV Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda quyidagilarni nazarda tutuvchi avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimini yaratish bo‘yicha texnik topshiriqni ishlab chiqishi belgilandi:

•    DYHXXga tegishli barcha axborot tizimlarini mazkur Yagona axborot tizimiga integratsiya qilish;
•    o‘quv guruhlaridagi haydovchilikka nomzodlar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
•    o‘quv guruhlaridagi haydovchilikka nomzodlarni identifikatsiya qilish orqali kundalik ta’lim jarayonidagi ishtirokini (davomatini) nazorat qilish;
•    yakuniy imtihonlarni nazorat qilish orqali ta’lim sifatini baholash;
•    imtihon natijalari bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ularning tahlillariga ko‘ra Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tuziladigan o‘quv muassasalari reytingini yuritish va e’lon qilish;
•    Yagona axborot tizimni Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilgan holda, haydovchi va haydovchilikka nomzodlarning avtomototransport vositasini boshqarishga yaroqliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron tarzda olish.

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

haydovchilik guvohnomasi

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing