Haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

3-sahifa

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departament hamda DXXning Kogon tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Unga ko‘ra, fuqaro B.I. fuqaro M.M.ni go‘yoki viloyat YHXBda ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 750 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari Departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.A. fuqaro X.J.ga tanishlari yordamida “S” toifali haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 4,7 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyati Vobkent tumanida ham haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilgan firibgar qo‘lga tushganligi haqda xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlar Haydovchilik guvohnomasini

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing