Haydovchi Ohangaronda shafqatsizlarcha o‘ldirilgandi. IIBB mudhish jinoyatni fosh qildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 5 yanvar kuni Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida yashagan 1962 yilda tug‘ilgan marhum K.Yo‘ldoshev o‘ziga tegishli bo‘lgan Cobalt avtomashinasida “Qo‘qon-Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab kira qilish maqsadida uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan.

Bedarak yo‘qolgan K.Yo‘ldoshev boshqaruvida bo‘lgan bo‘lgan Cobalt avtomashinasi 8 yanvar kuni Toshkent viloyati Ohangaron shahar “Yangiobod” MFY hududida, uning murdasi esa tan jarohatlari bilan “Angren” daryosi qirg‘og‘ida chakalakzordan topilgan edi.

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda Prokuratura xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv surushtiruv ishlari davomida mazkur mudhish jinoyat ishi fosh etildi.

Ushbu jinoyatni 1998 yilda tug‘ilgan, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi U.Yo. tomonidan sodir etilganiga yetarli ma’lumot va dalillar to‘planib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi “i” bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Gumonlanuvchi U.Yo. aybiga iqror bo‘lgan. 

Gumonlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, 2020 yilning 5 yanvar kuni soat taxminan 22:40 larda Ohangaron shahriga “Toshkent-Qo‘qon” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanuvchi taksilar avtoturargohiga borgan. Shu yerda marhum K.Yo‘ldoshev bilan Farg‘ona viloyatining Beshariq tumaniga olib borib qo‘yishini aytib u bilan kelishgan va yo‘l-yo‘lakay Ohangaron tumanidan oqib o‘tuvchi “Angren” daryosi yaqinidagi mahallalardan biriga kirib o‘tishlarini ma’lum qilgan.

Shundan so‘ng, ular belgilangan daryo yaqiniga borgan vaqtida, gumonlanuvchi dastlab yonida bo‘lgan temir bo‘lagi bilan haydovchining bosh qismiga bir necha marotaba urib keyin esa uni mashinadan tushirib yerdagi tosh bo‘lagi bilan urib xushidan ketkazgan. So‘ng, haydovchining cho‘ntagida bo‘lgan pul va uyali telefonni olayotgan vaqtida haydovchi xushiga kelib baqirmoqchi bo‘lganida, yonida oldindan tayyorlab qo‘ygan pichog‘i bilan haydovchining old ko‘krak va orqa sohasiga bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Keyin esa haydovchining murdasini avtomashina joylab, “Telov” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Angren” daryosi yaqiniga olib borgan va uning ust kiyimlarini yechib, tanasidagi barmoq izlarini suv bilan yuvib pastlikka tashlab yuborgan.

Jinoyat izlarini yashirish maqsadida, haydovchining ust kiyimlari, qo‘l telefoni va o‘zining barmoq izi teggan barcha buyumlarni, mashinaning zaxira baloni, pichoq va temir bo‘lagini suvga otib yuborgan. Avtomashinani esa Ohangaron shahar Yangiobod mahallasi hududida qoldirib, voqea joyidan yashiringan.

Shuningdek, surushtiruvlar davomida gumonlanuvchi U.Yo. ning Ohangaron va Olmaliq shaharlarida sodir etgan boshqa jinoyatlari ham fosh etilib, Ohangaron shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan unga nisbatan JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ehtiyot chorasi sifatida qamoq tanlangan.

Hozirda mazkur jinoyat ishlari yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Ohangaron

Baholaganlar

2041

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing