Haydovchi, 1 iyuldan videokamerasi yo‘q YPX xodimiga hujjatiningizni ko‘rsatmang
Jamiyat
−
24 iyun 2019
8778Joriy yilning 1 iyulidan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida bir qator o‘zgarishlar yuz beradi.
Ushbu sanadan e’tiboran, YPX xodimida videokamera bo‘lishi shart. YPX xodimi xizmat vaqtida mobil videokameradan foydalanishi va bu haqida yo‘l harakati qatnashchilariga ma’lum qilishi shart. Shuningdek, noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilsa, buni isbotlash uchun ushbu video yozuvdan foydalanilishi haqida haydovchini ogohlantirishi lozim.
Mobil videokamerasi bo‘lmagan YPX xodimiga haydovchi hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga ega.
LiveBarchasi