Xavotir. Sergelidagi arzon uylarning narxi yana oshadimi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 noyabrdagi “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan Toshkent shahrining Sergeli tumanida ko‘p qavatli arzon uy joylar qurilib kelinmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur uylarning yana narxi oshishi borasida xabarlar tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2019 yil mart oyidagi ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 2019 yilda Sergeli tumanida qurilgan olti va to‘qqiz qavatli uylarda joylashgan xonadonlarning 1 kvadrat metr 5 million 47 ming 810 so‘mni tashkil qilishi belgilab qo‘yilgan.

“O‘zshahar qurilish invest“ IK MCHJ tomonidan shu mazmunda tayyorlangan xat arzon uy-joylar uchun imtiyozli kreditlar ajratuvchi banklarga jo‘natilgan. Mazkur xat nusxasi ijtimoiy tarmoqlarda tarmoqlarda tarqalmoqda.
Joriy yilning aprel oyida Sergeli tumani hududida qurilgan uylarning narxi oshishi yuzasidan aholi o‘rtasida noroziliklar kelib chiqqan va shundan so‘ng Bosh vazir Abdulla Aripov vaziyatni o‘rganib, mutasaddi tashkilotlarga narxlarni tushirish bo‘yicha ko‘rsatma bergandi. May oyida esa narxlar 1 kvadrat metr uchun 3,2 million so‘mgacha tushirilgandi.

2019 yilda qurilgan uylardagi xonadonlarning 1 kvadrat metr uchun to‘lov yil boshida 4,3 million so‘m atrofida belgilangandi. Agar xatdagi raqamlarga ishonadigan bo‘lsak, uylarning narxi salkam 18 foizga oshirilishini ko‘rish mumkin bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Aripov Sergelidagi uylar

Baholaganlar

74

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing