Havosi eng ifloslangan mamlakatlar aniqlandi
Bu qiziq
−
30 avgust 2023
13992Osiyo va Afrika davlatlari havodagi ifloslanish darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Chikago universiteti energetika siyosati instituti (EPIC) tadqiqotchilari tomonidan tuzilgan yillik havo sifati indeksida (AQLI) ma’lum qilindi.
Mutaxassislar atmosferadagi mayda zarrachalar PM 2,5 konsentratsiyasini baholab, Bangladesh, Hindiston, Pokiston, Xitoy, Nigeriya va Indoneziyada yashovchi odamlar hayoti va sog‘lig‘iga eng ko‘p xavf solishini aniqlagan.
Tadqiqotchilarning fikricha, Janubiy Osiyoda PM 2.5 darajasi 2013 yildan buyon deyarli 10 foizga oshgan va bu mintaqada umr ko‘rish davomiyligini taxminan besh yilga qisqartirgan. Mutaxassislarning qo‘shimcha qilishicha, Markaziy va G‘arbiy Afrikada energiya iste’moli ortib borayotgani sababli, havoning zarrachalari bilan ifloslanishi odamlar uchun OIV/OITS yoki bezgak singari jiddiy xavfga aylangan.
LiveBarchasi