Havo ifloslanishidan 4,5 mln odam halok bo‘ladi – tadqiqot
Olam
−
07 Sentabr 2025 3369 2 daqiqa
Milliardlab odamlar ifloslangan havodan nafas olayapti, bu esa har yili 4,5 milliondan ortiq erta o‘limga olib kelmoqda. Bu haqda Jahon meteorologiya tashkilotining (JMT) tadqiqotida aytilgan.
Tadqiqotga ko‘ra, o‘rmon yong‘inlaridan chiqqan tutun zarralari katta masofalarga tarqalishi mumkin va bu muhitni zaharlaydi.
“Pirenei yarim orolida yong‘inlarning rekord mavsumida chiqqani uchun tutun va zararli moddalar G‘arbiy Yevropada qayd etildi va butun Yevropaga yoyilishi mumkin”, degan tadqiqotda qatnashgan xodimlardan biri.
Tadqiqotda butun dunyoda havo sifati yomonlashib borayotgani bildirilgan. 2024 yilda PM 2.5 zarrachalari eng ko‘p Chili, Braziliya, Ekvador, shuningdek Kanada, Markaziy Afrika va Sibirda qayd etilgan.
Shu bilan birga, JMT olimlari ayrim hududlarda, ayniqsa Sharqiy Xitoy va Yevropada chiqindilar kamayayotganini bildirgan.
“Agar davlatlar, hududlar yoki shaharlar yomon havo sifati bilan kurashish choralarini ko‘rsa, bu natija beradi”, degan olimlar.
Misol sifatida Sharqiy Xitoy, jumladan Shanxay shahrida yangi bog‘lar barpo etilishi va daraxt ekilishi tufayli havo sifati yaxshilangani ko‘rsatilgan. Avtomobil harakati ko‘p bo‘lishiga qaramay, mashinalarning katta qismi elektrda ishlay boshlaganini ham qayd etilgan.
Olimlarga ko‘ra, oltingugurt dioksidi va azot oksidlari kabi asosiy ifloslantiruvchi moddalar nazorat choralari sabab kamaymoqda, ammo yer yuzasidagi ozon – smogning asosiy tarkibiy qismi kamaymayapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniyadagi Maks Plank Kimyoviy ekologiya instituti (MPICE) olimlari iqlim o‘zgarishi va havo ifloslanishi XXI asr oxiriga borib o‘lim holatlarining sezilarli darajada ortishiga olib kelishini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi